PODAGRIK NEFROPATIYADA BUYRAKLARNING SHIKASTLANISH MEXANIZMI


Дата публикации: 10 May 2025

Участники

Safura Roʻzumbetova

Author

Zamira Umarova

Author

DOI

Ключевые слова

podagra podagrik nefropatiy natriy monourat (NMU) Interleykin-1α (IL-1α) Interleykin-6 (IL-6) Siklooksigenaza-2 (COX-2) inflammasoma.

Сборник материалов

Трек

General Track

Аннотация

Podagra — purin almashinuvi buzilishi natijasida yuzaga keladigan surunkali metabolik kasallik boʻlib, uning asosiy xususiyati natriy monourat (NMU) kristallarining boʻgʻimlar, tofuslar, ichki organlar, ayniqsa buyrak toʻqimalarida toʻplanishidir. Ushbu kristallar organizmda yalligʻlanish jarayonlarini boshlovchi asosiy omil sifatida ishtirok etadi. Podagrik nefropatiya esa podagra bilan bogʻliq turli xil buyrak shikastlanishlarini ifodalaydi. Bu kasallik nafaqat kristallarning toʻplanishi, balki purin almashinuvi buzilishi, metabolik sindrom, gipertoniya va qon tomir patologiyalari bilan ham bevosita bogʻliq. Natriy monourat kristallarining yalligʻlanish taʼsiri interleykin-1α (IL-1α), interleykin-6 (IL-6), siklooksigenaza-2 (COX-2), kinazalar (Syk, p38 MAPK) va inflammasomalar orqali rivojlanadi. Bu jarayonlar podagrik nefropatiyaning rivojlanishida asosiy omil boʻlib, buyrak toʻqimalariga jiddiy zarar yetkazadi. Ushbu maqolada podagrik nefropatiyaning molekulyar asoslari, uning patogen mexanizmlari va buyraklarga taʼsiri haqida mavjud adabiyotlar tahlil qilingan.

Источники

1. Ахмедова, Ш., & Рахматова, Д. (2020). СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ К ПОДАГРИЧЕСКОЙ НЕФРОПАТИИ. Журнал вестник врача, 1(3), 117–120.
2. Фомин В. В. Подагрическая (уратная) нефропатия. Consilium medicum, 2021, Т. 23, №. 1, С. 11–14.
3. Қодирова Ш. А., Жуманазаров С. Б., Сапаева З. А. Tibbiyotda angi kun, №. 6, С. 145–149.
4. Mulay S. R., Evan A., Anders H. J. Molecular mechanisms of crystal-related kidney inflammation and injury. Nephrology Dialysis Transplantation, 2014, Т. 29, №. 3, С. 507–514.
5. Милованов Ю. С., Николаев А. Ю. (2006). Нарушения пуринового обмена и подагрическая нефропатия.
6. Роюк Р. В., Яровой С. К. Хроническая болезнь почек у пациентов с рецидивирующим нефролитиазом... Вестник урологии, 2021, Т. 9, №. 3, С. 52–61.
7. Шукурова С. М., Джоназарова Д. Х., Ахунова Н. Т. (2011). Современный взгляд на подагрическую нефропатию. Научно-практический журнал ТИППМК, (4), 68–73.
8. Wang, Lin, et al. Models of gouty nephropathy: exploring disease mechanisms... Frontiers in Medicine, 2024, 11:1305431.

Загрузки

Как цитировать

Safura , S. ., & Zamira, Z. (2025). PODAGRIK NEFROPATIYADA BUYRAKLARNING SHIKASTLANISH MEXANIZMI. “Yangi Davr Ilm-Fani: Inson Uchun Innovatsion gʻoya Va yechimlar” Mavzusidagi Respublika Ilmiy-Amaliy Konferensiyasi, 1(1), 122-127. https://doi.org/10.47390/spro/i-res-konf-2025-27