RAQAMLASHTIRISH TUSHUNCHASI VA UNING IJTIMOIY SOHALARGA, XUSUSAN, PENSIYA TIZIMIGA TA’SIRI


Дата публикации: 7 June 2025

Участники

Barchinoy Xolmo‘minova

Author

DOI

Ключевые слова

Ijtimoiy ta’minot pensiya tizimi raqamlashtirish axborot xavfsizligi integratsiyalashuv.

Сборник материалов

Трек

General Track

Аннотация

Hozirgi davrda  raqamli iqtisodiyotning dunyo bo‘yicha tutgan o‘rni va uning rivojlanish bosqichlari toboro taraqqiy etib  bormoqda. Raqamlashtirish nafaqat axborot kommunikatsiya tarmog’ini, balki barcha sohalarni qamrab olmoqda. Bu borada xususan, pensiya sohasida ham so‘nggi yillarda juda muhim islohotlar qilindi. Yagona elektron ma’lumotlar tizimi joriy qilinganligi, pensiya tayinlashning proaktiv usuliga o‘tilganligi shular jumlasidandir. Ushbu islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad pensiya tayinlash jarayonini shaffof va avtomatlashtirilgan qilish, fuqarolarning o‘z pensiya ma’lumotlariga onlayn kirish imkoniyatini yaratish, inson omiliga bog‘liq xatoliklar va korrupsiya xavfini kamaytirish, ma’lumotlar bazalarini yagona tizimga birlashtirish orqali tezkor xizmat ko‘rsatishni ta’minlashdan iborat hisoblanadi. Biroq keng ko‘lamli tarzda amalga oshirilayotgan ushbu ijobiy  o‘zgarishlar bilan bir qatorda muammoli holatlar ham mavjud bo‘lib, bular jumlasiga qishloq va chekka hududlarda raqamli infratuzilmaning zaifligi sababli fuqarolar raqamli davlat xizmatlaridan, jumladan pensiya tayinlash, elektron ariza topshirish va holatni tekshirish imkoniyatidan foydalana olmayotganligi hamda bu tengsizlikni keltirib chiqarayotganligi, ma’lumotlar xavfsizligi va shaxsiy ma’lumotlarning himoyasi zaifligi oqibatida fuqarolarning pasport, ish haqi, ish staji, sog‘liq holati kabi shaxsiy ma’lumotlari ko‘plab turli bazalarda mavjud bo‘lib, ularga nisbatan yetarli darajada nazorat va himoya mexanizmlari yo‘qligi kabilarni keltirishimiz mumkin bo‘ladi. Quyidagi muhokama davomida mamlakatimizda raqamlashtirishning pensiya tizimida tutgan o‘rni, bu borada  huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilinganligi natijasida fuqarolarga yaratilayotgan bir qator yengilliklar haqida ma’lumot berib o‘tamiz hamda mavjud muammolarga o‘z fikr-mulohazalarimizni bildirgan holda taklif va yechimlar berib o‘tamiz.

Источники

I. Normativ-huquqiy hujjatlar
1. 30.04.2023. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
2. “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasining qonuni. - Toshkent sh., 1993-yil 3-sentabr, 938-XII-son.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.10.2022 yildagi 592-son.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 31.10.2023 yildagi PQ-353-son.
5. https://cyberleninka.ru/article/n/raqamli-texnologiyalar-davrida-shaxsiy-ma-lumotlarni-muhofaza-qilish RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA SHAXSIY MA’LUMOTLARNI MUHOFAZA QILISH Eshdavlatova Zarifa Nurmuxamadovna. [449-453-b.]
II. Internet sahifalari
6. www.lex.uz
7. HTTPS://KUN.UZ

Загрузки

Как цитировать

Barchinoy , B. . (2025). RAQAMLASHTIRISH TUSHUNCHASI VA UNING IJTIMOIY SOHALARGA, XUSUSAN, PENSIYA TIZIMIGA TA’SIRI. “Yangi Davr Ilm-Fani: Inson Uchun Innovatsion gʻoya Va yechimlar” Mavzusidagi Respublika Ilmiy-Amaliy Konferensiyasi, 1(3), 216-220. https://doi.org/10.47390/978-9910-09-176-6/rkm-47