Vol. 1 No. 3 (2025): “Yangi davr ilm-fani: inson uchun innovatsion gʻoya va yechimlar” mavzusidagi III Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi


Proceeding Cover

Mazkur to‘plamda 2025-yil 7-may kuni o‘tkazilgan “Yangi davr ilm-fani: inson uchun innovatsion g‘oya va yechimlar” mavzusidagi I Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari jamlangan. To‘plamda respublikaning turli oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlari va amaliyotchi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan maqolalar o‘rin olgan bo‘lib, ular ijtimoiy-gumanitar, tabiiy, texnik va yuridik fanlarning dolzarb muammolari va ularning innovatsion yechimlariga bag‘ishlangan.

To‘plamda keltirilgan maqolalarda sun’iy intellekt, ta’limda interfaol metodlar, yer osti biologiyasi, xalqaro huquq, tilshunoslikda zamonaviy yondashuvlar, sport psixologiyasi va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda ilg‘or ilmiy qarashlar va amaliy tavsiyalar bayon etilgan.

Ushbu nashr ilmiy izlanuvchilar, oliy ta’lim o‘qituvchilari, doktorantlar va soha mutaxassislari uchun foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.

Published: 7 June 2025

General Track