Tashkilotchilar:
Mazkur konferensiya “Scienceproblems Team” MCHJ tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, unda respublikamizning turli oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlari va amaliyotchi mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Konferensiyaning maqsadi:
Fan, ta’lim va innovatsiyalar sohalarida zamonaviy muammolarni yoritish hamda ularning inson manfaatiga xizmat qiluvchi ilg‘or yechimlarini muhokama qilish, shuningdek, yosh olimlar va amaliyotchilarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish.
Asosiy yo‘nalishlar:
-
Ijtimoiy-gumanitar fanlar
-
Tabiiy fanlar
-
Texnik va muhandislik fanlari
-
Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhit muhofazasi
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt
Konferensiya shakli:
Onlayn va an’anaviy (aralash) shaklda tashkil etiladi.
Nashr ishlari:
Konferensiya materiallari alohida ilmiy to‘plam ko‘rinishida ISBN va DOI raqamlari bilan nashr etiladi va www.konferensiyalar.uz saytida erkin foydalanish uchun joylashtiriladi.