“OʻZBEKISTON — 2030: INNOVATSIYA, FAN VA TAʼLIM ISTIQBOLLARI” I Respublika koʻp tarmoqli ilmiy-amaliy konferensiyasi
“Oʻzbekiston — 2030” taraqqiyot strategiyasi mamlakatimizning barcha sohalarini qamrab olgan holda, innovatsion yondashuv, fan va taʼlimni milliy rivojlanishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari sifatida belgilab berdi. Mazkur strategiya asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, sohalardagi integratsiyani taʼminlash hamda amaliy yechimlarga eʼtiborni oshirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Shu munosabat bilan, “Oʻzbekiston — 2030: Innovatsiya, fan va taʼlim istiqbollari” mavzusidagi davriy Respublika koʻp tarmoqli ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyildi.
Konferensiya doirasida taqdim etilgan maqolalar konferensiya toʻplami shaklida chop etiladi. Toʻplamga kiritilgan maqolalar konferensiyalar.uz anjumanlar platformasida elektron shaklda nashr qilinadi. Ma'lumot o'rnida "Sceinceproblems team" MChJ noshirlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega.
Google Scholar bazasida indeksatsiya qilinadi.