YASHIL IQTISODIYOTNING RIVOJLANISHI SHAROITIDA SANOAT KORXONALARNING SALOHIYAT IMKONIYATLARINI BOSHQARISH
Hissa qo‘shganlar
Shaxnoza Kadirova
DOI
Kalit so‘zlar
Materiallar to‘plami
Yo‘nalish
General Track
Annotatsiya
Soʻnggi yillarda bizning mamalakatimizda sanoat sohasida innovatsiyalar va modernizatsiya asosida tezkor oʻzgarishlar sodir boʻlmoqda. Innovatsion g‘oyalarni mamlakat sanoat tarmoqlariga tatbiq etish barqaror iqtisodiy oʻsishga erishish, raqobatbardoshlikni oshirish va mahsuldorlikni yuksaltirishda muhim omilga aylandi. Innovatsiyalarni joriy etish, ayniqsa, avtomatlashtirish, raqamli texnologiyalar, “aqlli” ishlab chiqarish tizimlari (Smart Industry) va sanoat 4.0 konsepsiyasi asosida amalga oshirilmoqda. Shuningdek, asosiy tarmoqlarda innovatsiyalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi institutsional qoʻllab-quvvatlash va xalqaro hamkorlik masalalari koʻrib chiqiladi.. Bu esa korxonalarning iqtisodiy salohiyatini takomillashtirishga hamda ishlab chiqarish samaradorligini 25–30% ga oshirishga xizmat qilmoqda. Innovatsion yondashuvlar hamda texnologiyalarni joriy etish barqaror iqtisodiy oʻsish, mahsulot sifati va raqobatbardoshlikni oshirishda muhim rol oʻynamoqda. Ushbu maqolada mamlakatimiznning sanoat tizimida innovatsiyalarni joriy etish, amalga oshirish mexanizmlari va strategik yondashuvlari tahlil qilinadi. Xususan, energetika, kimyo va mashinasozlik kabi tarmoqlarda ilm-fan yutuqlariga asoslangan texnologik yangilanishlar koʻzda tutilgan. Bundan tashqari, innovatsiyalarni rivojlantirishda muhim oʻrin tutuvchi institutsional qoʻllab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalar va xalqaro texnologik hamkorlik masalalari ham koʻrib chiqiladi.