MEHNAT NIZOLARINI HAL ETISHDA SUD TARTIBINING USTUVORLIGI: QONUNCHILIK NAZARIYASI VA SUD AMALIYOTI
Hissa qo‘shganlar
Mamura Ergashova
DOI
Kalit so‘zlar
Materiallar to‘plami
Yo‘nalish
General Track
Annotatsiya
Mazkur tezisda mehnat nizolarini hal etishda sud tartibining ustuvorligi, ya’ni mazkur turdagi huquqiy nizolarning asosan sud tartibida hal etilishiga sabab boʻlayotgan protsessual omillar ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilingan. Jumladan, mehnat huquqiy munosabatlar boʻyicha bevosita sudga murojaat qilinishi lozim boʻlgan nizolar, shuningdek, mehnat nizolarini sudgacha hal etish usullarining, jumladan, amaliyotda yakka tartibdagi mehnat nizolari boʻyicha mehnat nizolari boʻyicha komissiyalar va mediatsiya tartibida hal etish; jamoaviy mehnat nizolarini yarashtirish komissiyasi, mediator ishtirokida, mehnat arbitrajida hal etish mexanizmlarining ommalashmayotganligining omil (sabab)lari kompleks tarzda yoritilgan. Muallif tomonidan ilgari surilgan fikr-mulohazalar tegishli statistik ma’lumotlar, soʻrovnoma, amaldagi qonunchilik normalari hamda olimlarning ilmiy qarashlari asosida asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari boʻyicha qonunchilikni takomillash yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqilgan.