XALQARO SAVDODA BARQAROR RIVOJLANISH: MUAMMO VA TAKLIFLAR
Contributors
Shamsiddin Xursanov
DOI
Keywords
Proceeding
Track
General Track
Abstract
Mazkur ishda xalqaro savdo jarayonlariga barqaror rivojlanish tamoyillarini integratsiyalashning huquqiy asoslari tahlil etilgan. Unda iqtisodiy oʻsishning ekologik xavfsizlik va ijtimoiy adolat bilan uyg‘unlashtirilishi zarurati asosiy e’tiborga olingan. Jahon Savdo Tashkiloti (WTO), BMTning Savdo va Taraqqiyot boʻyicha Konferensiyasi (UNCTAD) hamda Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (SDGlar)ning ushbu sohadagi oʻrni yoritilgan. Xususan, rivojlanayotgan davlatlarning ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport qilishdagi imkoniyatlari, Oʻzbekiston misolida milliy siyosatning barqaror rivojlanishga yoʻnaltirilganligi tahlil qilinadi. Ish yakunida xalqaro savdoda barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar berilgan.