“SHAJARAYI TURK” ASARIDAGI ETNONIMLARNING GRAMMATIK TUZILISHI VA YASALISHI


Date Published : 21 June 2025

Contributors

Kamola Abduvaliyeva

Author

DOI

Keywords

“Shajarayi turk” etnonimlar grammatik tuzilish sodda etnonimlar qoʻshma etnonimlar lugʻaviy-maʼnoviy konversiya morfologik usul sintaktik usul turkiy tillar qoʻshimchalar.

Proceeding

Track

General Track

Abstract

Ushbu maqolada “Shajarayi turk” asaridagi etnonimlarning grammatik tuzilishi va yasalishi oʻrganilgan. Maqolada sodda va qoʻshma etnonimlar tasnifi, tub va yasama etnonimlar xususiyatlari batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, etnonimlarning yuzaga kelishida asosiy boʻlgan lugʻaviy-maʼnoviy konversiya, morfologik qoʻshimchalar yordamida soʻz yasash va sintaktik usullar misollar bilan izohlanadi. Tadqiqotda, ayniqsa, turkiy tillarga xos -chi, -li, -lik, -chin, -r, -s, -n, -man qoʻshimchalari orqali etnonimlarning hosil boʻlish jarayonlari koʻrsatilib, ularning semantik va grammatik jihatlari oʻrganilgan. Tadqiqotda “Shajarayi turk” asaridagi etnonimlarning lingvistik tahlili orqali turkiy tillarning leksik qatlami, tarixiy grammatikasi va etnolingvistik jihatlari oʻrganiladi. Bu ish turkiy xalqlarning etnik tarixi, madaniy aloqalari va til rivojini tushunishda muhim manba sifatida xizmat qiladi. Ushbu maqolada etnonimlarning hosil boʻlishida sintaktik usulning oʻrni va ahamiyati batafsil tahlil qilinadi. Etnik guruhlarning tarixiy jarayonlarda birlashishi yoki boʻlinishi natijasida yangi guruhlarning paydo boʻlishi, ularni nomlashda sintaktik usulning faol qoʻllanilishi taʼkidlanadi. Muayyan etnos nomiga qoʻshimcha aniqlovchi soʻzlar birikmasi orqali yangi etnonimlar — “oʻn uygʻur”, “toʻqqiz uygʻur”, “burchigʻin qiyot” kabi shakllarning vujudga kelishi va ular yangi etnik guruhning atributi sifatida faol ishlatilishi misollar bilan koʻrsatib oʻtiladi. Shuningdek, bu jarayonlarning fonetik va morfologik jihatlari ham koʻrib chiqiladi.

References

1. Абуғозий. Шажарайи турк. – Т.: Чўлпон, 1992.
2. Атаниязов С. Этнонимы в туркменском языке: Автореф. дне. – д-ра фшзол. наук.
3. Баскакоя Н.А. Каракалпакский язык. II. Фонетика и морфология. – М.: Наука. 1952. – C. 195–196.
4. Кононов А.Н. Опыть анализа термина тюрк //Сов. Этнография. – 1949. – №1. – С. 40-47.
5. Кошғарий Маҳмуд. Девону луғатит турк. I T. – Б. 71.
6. Марқаев К. Ўзбек тили этнонимларининг лисоний тадқиқи: филол. фан. номз. дисс. – Т., 2007. – Б. 107.
7. Рамстедт Г.И. Введение в алайское языкознание. Морфология. – М.: Наука, 1957. – 209 с.
8. Севортян Э.В. К соотношению грюаитики и лексики в тюркских языках // Вопросы теории и историк языка. – М.: Наука, 1952. – С. 319.
9. Щербак А.М. Грамматика староузбекского языка. – М.: Наука, 1962. – 209 с.

Downloads

How to Cite

Kamola, K. (2025). “SHAJARAYI TURK” ASARIDAGI ETNONIMLARNING GRAMMATIK TUZILISHI VA YASALISHI. “OʻZBEKISTON — 2030: INNOVATSIYA, FAN VA TAʼLIM ISTIQBOLLARI” Mavzusidagi Respublika Ilmiy-Amaliy Konferensiyasi, 1(2), 77-82. https://doi.org/10.47390/978-9910-09-204-6/uzb-14