PROKURORNING MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDA ISh QO‘ZG‘ATISh HAQIDAGI QARORI VA UNING ShAKLI HAMDA MAZMUNIGA QO‘YILGAN TALABLAR
Hissa qo‘shganlar
Avazbek Komilov
DOI
Kalit so‘zlar
Materiallar to‘plami
Yo‘nalish
General Track
Annotatsiya
Mazkur tezisda qonunlar ijrosi ustidan nazorat yo‘nalishida qo‘llaniladigan tartibida keltiriladigan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi prokuror qarori va uning shakli hamda mazmuniga qo‘yilgan asosiy talablar bayon etilgan. Muallifning fikriga ko‘ra, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi prokuror qarorida quyidagi asosiy xususiyatlar mavjud: qaror ham mansabdor shaxslarga, ham fuqarolarga nisbatan qabul qilinishi mumkin; qaror prokuratura organlari mansabdor shaxslarining yakkaboshchilik asosidagi qarori sanaladi; qaror individual ta’sir ko‘rsatish hujjati sanaladi, chunki u aniq sub’ektga qaratilgan bo‘ladi; qaror doimo yozma shaklda ifodalanadi hamda qaror uni ko‘rib chiqishga mas’ul bo‘lgan organ yoki mansabdor shaxs tomonidan ko‘rib chiqilishi va u bo‘yicha qaror qabul qilinishi majburiy sanaladi. Mazkur nazorat hujjati muayyan mansabdor shaxsning harakatsizligi sababidan pretsedent hosil qilish maqsadida qo‘llanilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shuningdek, tezisda ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida qaror chiqarishdan ko‘zlangan maqsad, uning asoslari, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida qaror chiqarishdan oldin aniqlik kiritish zarur bo‘lgan masalalar, qarorni tayyorlashda amal qilinishi lozim bo‘lgan uslubiy ko‘rsatmalar, uning shakl va mazmuniga qo‘yilgan talablar ham qayd etilgan