ANTROPOFENOMENLAR: LINGVOKOGNITIV, LINGVOMENTAL, DINAMIK VA STATIK TURLARI
Contributors
Feruza Mamatova
DOI
Keywords
Proceeding
Track
General Track
Abstract
Ushbu maqolada antroposentrik yondashuv doirasida antropofenomenlar tahlil qilinadi. Ular inson tafakkuri va til oʻzaro ta’sirida shakllanuvchi ijtimoiy-madaniy hodisalar sifatida qaraladi. Asosiy e’tibor antropofenomenlarning lingvokognitiv, lingvomental, dinamik va statik turlariga qaratilgan. Lingvokognitiv yondashuv orqali inson ongida shakllanuvchi bilimlar va tushunchalarning tildagi ifodalanish usullari ochib beriladi. Lingvomental yondashuv esa madaniyat va milliy tafakkur doirasida til va ong birligini oʻrganadi. Dinamik antropofenomenlar vaqt mobaynida oʻzgaruvchan boʻlsa, statik turlari barqaror va an’anaviy shaklga ega. Tadqiqotda bu toifadagi birliklarning kommunikativ, semantik va madaniy xususiyatlari tahlil etilib, ularning lingvistik va kognitiv jarayonlardagi oʻrni aniqlanadi.