TIBBIY DISKURSDA DINIY BARQAROR BIRIKMALAR
Hissa qo‘shganlar
O‘g‘lonoy Xudoynazarova
DOI
Kalit so‘zlar
Materiallar to‘plami
Yo‘nalish
General Track
Annotatsiya
Mazkur maqolada tibbiy diskursning lingvopragmatik xususiyatlari hamda unda qo‘llaniladigan diniy barqaror birikmalar (DBB)ning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Tibbiy diskurs — inson salomatligi, tashxis qo‘yish, davolash va bemor bilan muloqot jarayonidagi kasbiy til shakli sifatida tavsiflanadi. Unda ishlatiladigan “Alloh shifo bersin”, “Xudo yor bo‘lsin”, “InshаaAlloh tuzalasiz”, kabi diniy frazeologizmlar bemorga ruhan tasalli berish, umid uyg‘otish va ruhiy barqarorlikni ta’minlash funksiyalarini bajaradi. Maqolada bunday birikmalarning madaniy-an’anaviy ildizlari, ularning kommunikativ va psixologik-ta’sirchanlik darajasi, shuningdek, ijtimoiy muhitdagi aks sadosi ilmiy yondashuv asosida o‘rganiladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, tibbiyot sohasidagi mutaxassislar tomonidan diniy ifodalarning ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi bemorlar bilan ishonchli, samimiy va ta’sirli muloqotni shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.